%0 Journal Article %A Abdullayeva, Shaxlo Shuhrat qizi %D 2026 %F arxiv:9924 %I “CENTER FOR ADVANCED STUDIES” LLC %J SCIENCE TIME JOURNAL; Vol. 4 No. 4/2 (2026): “ILM VAQTI” (SCIENCE TIME) jurnali; 562-568 %K neologizm,; ijtimoiy tarmoq neologizmlari,; semantik xususiyat,; tarjima,; o‘zbek tiliga tarjima,; media diskurs,; raqamli kommunikatsiya; konnotativ ma’no,; pragmatik yuklama,; funksional muqobil. %T SEMANTIC PECULIARITIES OF ENGLISH SOCIAL MEDIA NEOLOGISMS AND THEIR TRANSLATION INTO UZBEK %U https://arxiv.academicsbook.com/id/eprint/9924/ %X Mazkur maqolada ingliz tilidagi ijtimoiy tarmoq neologizmlarining semantik xususiyatlari hamda ularni o‘zbek tiliga tarjima qilish masalalari tahlil qilinadi. Tadqiqotning dolzarbligi ijtimoiy tarmoqlarda yangi leksik birliklarning juda tez shakllanishi, ommalashishi va turli tillarga kirib borishi bilan izohlanadi. Ishning maqsadi ingliz tilidagi ijtimoiy tarmoq neologizmlarining semantik tabiatini aniqlash, ularning denotativ, konnotativ va pragmatik xususiyatlarini yoritish hamda o‘zbek tiliga tarjima qilishning maqbul usullarini belgilashdan iborat. Tadqiqotda qiyosiy-tavsifiy, semantik, kontekstual va tarjimaviy tahlil usullaridan foydalanildi, empirik material sifatida esa ijtimoiy tarmoqlar va ingliz tilidagi onlayn media matnlardan tanlab olingan neologik birliklar asos qilib olindi. Tahlil natijasida ijtimoiy tarmoq neologizmlarining nominativ, baholovchi-ekspressiv, qisqartmaakronimik va aralash tuzilmali turlari faol qo‘llanishi aniqlandi, ularni tarjima qilishda esa transliteratsiya, kalkalash, izohli tarjima, funksional muqobil tanlash va moslashtirish kabi strategiyalar qo‘llanishi kuzatildi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, ingliz tilidagi ijtimoiy tarmoq neologizmlarini o‘zbek tiliga o‘girishda formal moslikdan ko‘ra semantik adekvatlik va pragmatik muvofiqlik muhimroq hisoblanadi. Maqolaning ilmiy va amaliy ahamiyati shundaki, undagi xulosalar media matnlar tarjimasi, zamonaviy leksikologiya, neologiya, media lingvistika va o‘zbek tilida yangi media leksikasini me’yorlashtirish jarayonlarida qo‘llanishi mumkin.