%0 Journal Article %A Norgul, Tanatarova %A Munira Ravshanovna, , Muxitdinova %D 2026 %F arxiv:9910 %I “CENTER FOR ADVANCED STUDIES” LLC %J SCIENCE TIME JOURNAL; Vol. 4 No. 4/1 (2026): “ILM VAQTI” (SCIENCE TIME) jurnali; 499-503 %K CLIL (Content and Language Integrated Learning); iqtisodiyot yo‘nalishi; lingvistik kompetensiya; kasbiy kompetensiya; integrativ ta’lim; ingliz tilini o‘qitish; kommunikativ kompetensiya; pedagogik model; innovatsion texnologiyalar %T IQTISODIYOT YO‘NALISHIDA INGLIZ TILINI O‘QITISHDA CLIL TEXNOLOGIYASINING SAMARALI MODELI %U https://arxiv.academicsbook.com/id/eprint/9910/ %X Mazkur tadqiqot iqtisodiyot yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun ingliz tilini o‘qitishda CLIL (Content and Language Integrated Learning) texnologiyasiga asoslangan samarali pedagogik modelni ishlab chiqish va uning natijadorligini aniqlashga qaratilgan. Zamonaviy globallashuv sharoitida iqtisodiyot sohasida faoliyat yurituvchi mutaxassislar uchun xorijiy tilni, xususan ingliz tilini kasbiy kontekstda qo‘llay olish muhim kompetensiyalardan biri hisoblanadi. Shu sababli til va kasbiy bilimlarni integratsiya qiluvchi innovatsion yondashuvlarni joriy etish zarurati ortib bormoqda. Tadqiqot jarayonida nazariy tahlil, pedagogik tajriba, kuzatuv, test sinovlari hamda statistik tahlil metodlari qo‘llaniladi. Eksperimental ishlar davomida iqtisodiyot yo‘nalishi talabalaridan iborateksperimental va nazorat guruhlari shakllantiriladi. Eksperimental guruhda CLIL texnologiyasiga asoslangan o‘qitish modeli qo‘llanilib, unda iqtisodiy fanlar mazmuni ingliz tili orqali o‘rgatiladi. Modelning asosiy komponentlari sifatida kontent (fan mazmuni), kommunikatsiya (til orqali muloqot), kognitsiya (fikrlash jarayonlari) va madaniyat (xalqaro kontekst) integratsiyasi ta’minlanadi.