%0 Journal Article %A Rajavaliyev, Boburjon Dilshodjon o‘g‘li %D 2026 %F arxiv:9907 %I “CENTER FOR ADVANCED STUDIES” LLC %J SCIENCE TIME JOURNAL; Vol. 4 No. 4/2 (2026): “ILM VAQTI” (SCIENCE TIME) jurnali; 516-523 %K Ahmad Yassaviy,; Yassaviylik adabiy an’anasi,; aruz she’r tizim; ramal,; hazaj,; rajaz,; qorishiq vazn,; hikmatnavislik,; Iqoniy,; Shams O‘zgandiy,; Ubaydiy. %T YASSAVIYLIK ADABIY AN’ANASIDA ARUZ SHE’R TIZIMI %U https://arxiv.academicsbook.com/id/eprint/9907/ %X Mazkur maqolada Yassaviylik adabiy an’anasida aruz she’r tizimining qo‘llanish xususiyatlari XV–XVI asr yassaviy izdoshlari ijodi misolida tadqiq etilgan. Tadqiqotda Ahmad Yassaviy, Iqoniy, Shams O‘zgandiy, Ubaydiy va Xudoydod Valiy hikmatlarining tuzilishi tahlil qilinib, ularda aruzning ramal, hazaj va rajaz bahrlaridan foydalanish holatlari aniqlangan. Aruz tizimining barmoq vazni bilan munosabati, ayniqsa qorishiq vazn hodisasi poetik sinkretizm namunasi sifatida baholangan. “Devoni hikmat” va “Boqirg‘on kitobi” namunalari asosida yassaviylik adabiyotida aruz tizimi faqat shakl bilan cheklanib qolmasdan, tasavvufiy-didaktik mazmunni ifodalovchi muhim poetik vosita sifatida namoyon bo‘lishi asoslangan. Tadqiqot natijalari XV–XVI asrlar yassaviy adabiy muhitida aruz va barmoq tizimlari sintezi mavjud bo‘lganini hamda bu holat turkiy she’riyat taraqqiyotidagi murakkab poetik hodisalardan biri ekanini ko‘rsatadi.