%L arxiv9772 %A Sarimsoqova Maftuna Obidjon qizi %J SCIENCE TIME JOURNAL; Vol. 4 No. 4/2 (2026): “ILM VAQTI” (SCIENCE TIME) jurnali; 180-184 %T MAXSUS PEDAGOGIKA YO‘NALISHI TALABALARINI KASBIY YO‘NALTIRISHNING PEDAGOGIK MAZMUNI %D 2026 %K kasbiy yo‘naltirish, maxsus pedagogika, pedagogik mazmun, kasbiy kompetensiya, inklyuziv ta’lim, individual yondashuv, motivatsiya, pedagogik tayyorgarlik, ta’lim samaradorligi. %I “CENTER FOR ADVANCED STUDIES” LLC %X Mazkur maqolada maxsus pedagogika yo‘nalishi talabalarini kasbiy yo‘naltirishning pedagogik mazmuni nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Kasbiy yo‘naltirish talabalarning kelajakdagi pedagogik faoliyatga ongli tayyorlanishi, kasbiy motivatsiyasi va ixtisoslikka nisbatan barqaror qiziqishini shakllantirish jarayoni sifatida talqin etiladi. Maqolada maxsus pedagogning kasbiy kompetensiyalari, jumladan, inklyuziv ta’limni tashkil etish, individual yondashuvni amalga oshirish, diagnostik va korreksion faoliyatni olib borish kabi jihatlar yoritiladi. Shuningdek, talabalarni kasbiy yo‘naltirishda shaxsga yo‘naltirilgan, kompetensiyaviy va amaliyotga asoslangan yondashuvlarning ahamiyati asoslab beriladi. Tadqiqot natijalari samarali tashkil etilgan pedagogik sharoitlar talabalarni kasbiy faoliyatga tayyorlashda muhim omil ekanligini ko‘rsatadi.