relation: https://arxiv.academicsbook.com/id/eprint/9722/ title: AHMAD SARDOR OBRAZINING ETNOGENITIK VA MIFOLOGIK MANBALARI creator: Mufassal Zafar qizi, Pardayeva description: Mazkur maqolada “Go‘ro‘g‘li” dostonidagi Ahmad sardor obrazi har tomonlama tahlil qilinadi. Unda qahramonning dastlab tarbiyachi va rahnamo sifatidagi o‘rni, keyinchalik esa epik xiyonatchi va raqib obraziga aylanish jarayoni yoritilgan. Shuningdek, Ahmad sardor va Go‘ro‘g‘li o‘rtasidagi tog‘a-jiyan munosabatlari asosida dostonning ijtimoiy ildizlari, xususan, matriarxat an’analari va ularning patriarxat tizimiga o‘tish davridagi aks etishi ilmiy asosda izohlangan. Maqolada o‘zbek, turkman, ozarbayjon va tojik variantlari qiyosiy tahlil qilinib, Ahmad sardor obrazining turli talqinlari ochib beriladi. Tadqiqot natijasida Ahmad sardor obrazi epik an’ananing rivojlanish jarayonida shakllangan murakkab va ko‘p qirrali obraz ekanligi xulosa qilinadi. publisher: “CENTER FOR ADVANCED STUDIES” LLC date: 2026-04-15 type: Article type: NonPeerReviewed identifier: Mufassal Zafar qizi, Pardayeva (2026) AHMAD SARDOR OBRAZINING ETNOGENITIK VA MIFOLOGIK MANBALARI. SCIENCE TIME JOURNAL; Vol. 4 No. 4/1 (2026): “ILM VAQTI” (SCIENCE TIME) jurnali; 332-336. relation: https://uzresearchers.com/index.php/stj/article/view/5721