relation: https://arxiv.academicsbook.com/id/eprint/9720/ title: “HAZRATI XIZR IZIDAN” QISSASIDA MIFOLOGIK UNSURLAR creator: Nigina Faxritdin qizi, Nuritdinova description: Mazkur maqolada “Hazrati Hizr izidan” qissasida uchraydigan mifologik unsurlar adabiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotning dolzarbligi shundaki, zamonaviy o‘zbek nasrida mifologik qatlamning qayta talqin etilishi muhim ilmiy muammo sifatida qaralmoqda. Tadqiqotning maqsadi – asarda mavjud mifologik obrazlar, arxetiplar hamda ramziy motivlarning badiiy funksiyasini aniqlash va ularning mazmuniy yukini ochib berishdan iborat. Metodologik asos sifatida qiyosiy-tahliliy, struktural-semantik hamda intertekstual yondashuvlardan foydalanildi. Tahlil natijalari shuni ko‘rsatadiki, Hazrati Hizr obrazi asarda abadiy yo‘l ko‘rsatuvchi, yashirin bilim egasi sifatida talqin qilinib, xalq og‘zaki ijodi hamda diniy-mifologik qarashlar sintezi asosida shakllangan. Suv, yo‘l, yashirin ilm, sinov kabi motivlar mifologik tafakkur mahsuli sifatida asarning semantik qatlamini boyitadi, mifologik unsurlar asarning g‘oyaviy-badiiy tizimini chuqurlashtiradi va muallifning estetik konsepsiyasini ifodalashda muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi. publisher: “CENTER FOR ADVANCED STUDIES” LLC date: 2026-04-15 type: Article type: NonPeerReviewed identifier: Nigina Faxritdin qizi, Nuritdinova (2026) “HAZRATI XIZR IZIDAN” QISSASIDA MIFOLOGIK UNSURLAR. SCIENCE TIME JOURNAL; Vol. 4 No. 4/1 (2026): “ILM VAQTI” (SCIENCE TIME) jurnali; 324-327. relation: https://uzresearchers.com/index.php/stj/article/view/5719