%T NEMIS TILI KO‘NIKMALARINI (TINGLAB TUSHUNISH, O‘QISH, YOZISH, GAPIRISH) RIVOJLANTIRISHDA BLENDED LEARNING MODELINING IMKONIYATLARI %X Mazkur maqolada nemis tili ko‘nikmalarini, xususan tinglab tushunish, o‘qish, yozish va gapirish kompetensiyalarini rivojlantirishda blended learning modelining didaktik imkoniyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda an’anaviy auditoriya mashg‘ulotlari bilan raqamli ta’lim resurslari, onlayn platformalar va interaktiv topshiriqlarning uyg‘unlashuvi o‘quvchilarning til o‘zlashtirish jarayoniga qanday ta’sir ko‘rsatishi yoritiladi. Blended learning modeli asosida ta’limni tashkil etish o‘quvchilarning mustaqil ishlash ko‘nikmalarini, kommunikativ faolligini, individual ta’lim trayektoriyasini hamda til kompetensiyalarini bosqichma-bosqich shakllantirish imkonini beradi. Shuningdek, maqolada ushbu modelning nemis tili ta’limida motivatsiyani oshirish, differensial yondashuvni kuchaytirish va ta’lim samaradorligini ta’minlashdagi o‘rni ochib beriladi. Tadqiqot natijalari blended learning modelidan xorijiy tillarni o‘qitishda samarali foydalanish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqishga xizmat qiladi. %I “CENTER FOR ADVANCED STUDIES” LLC %A Faridjon Usmonov Saydullaevich %D 2026 %K nemis tili, blended learning, tinglab tushunish, o‘qish, yozish, gapirish, kommunikativ kompetensiya, raqamli ta’lim, interaktiv metodlar, mustaqil ta’lim, differensial yondashuv %L arxiv9698 %J SCIENCE TIME JOURNAL; Vol. 4 No. 4/2 (2026): “ILM VAQTI” (SCIENCE TIME) jurnali; 123-129