%K disleksiya, o‘qish buzilishi, psixologik xususiyatlar, pedagogik yondashuv, neyrolingvistika, nutqiy rivojlanish, fonematik idrok, inkluziv ta’lim, diferensial yondashuv, korreksion ish. %J SCIENCE TIME JOURNAL; Vol. 4 No. 4/1 (2026): “ILM VAQTI” (SCIENCE TIME) jurnali; 222-228 %T DISLEKSIYA TUSHUNCHASI, UNING PSIXOLOGIK-PEDAGOGIK VA NEYROLINGVISTIK XUSUSIYATLARI %I “CENTER FOR ADVANCED STUDIES” LLC %A Soliyeva Moxigul Madaminxon qizi %X Ushbu maqolada disleksiya tushunchasining mazmun-mohiyati, uning kelib chiqish omillari hamda namoyon bo‘lish shakllari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Shuningdek, disleksiyaning psixologik, pedagogik va neyrolingvistik xususiyatlari yoritilib, bu holatga ega bolalarning o‘qish, yozish, nutqni idrok etish va axborotni qayta ishlash jarayonlaridagi o‘ziga xos jihatlari ochib beriladi. Maqolada disleksiyaning nafaqat o‘quv faoliyatiga, balki bolaning shaxsiy rivojlanishi, motivatsiyasi va ijtimoiy moslashuviga ham ta’sir ko‘rsatishi asoslab beriladi. Muammo doirasida inkluziv ta’lim sharoitida disleksiyasi bor o‘quvchilar bilan ishlashning pedagogik ahamiyati, ularga mos metodik yondashuvlar va individual yordam ko‘rsatish zarurati ham ta’kidlanadi. Tadqiqot natijalari disleksiyani erta aniqlash, ta’lim jarayonini moslashtirish va korreksion-pedagogik ishlarni samarali tashkil etishda muhim nazariy asos bo‘lib xizmat qiladi. %L arxiv9688 %D 2026