%T OʻZBEK TILIDA MIQDOR-DARAJA VA OʻRIN RAVISHLARINING TURKUMIY XUSUSIYATLARI %X Ushbu maqolada oʻzbek tilshunosligida ravish soʻz turkumining oʻziga xos xususiyatlari, xususan, miqdor-daraja va oʻrin ravishlarining semantik-grammatik tabiati tahlil qilinadi. Tadqiqotda ravishlarning oʻzgarmaslik xususiyati, ularning boshqa turkumlar (son, ot, sifat, olmosh) bilan aloqadorligi hamda funksional-semantik chegaralari masalasi yoritilgan. Shuningdek, oʻrin ravishlarining shakllanishida “soddalanish” hodisasi, kelishik qoʻshimchalarining roli va ularning oʻrin-joy otlaridan farqli jihatlari ilmiy asoslab berilgan. %I “CENTER FOR ADVANCED STUDIES” LLC %A Muhabbat Kurbanova Matyakubovna %A Saydullayeva Dilbar Farhod qizi %D 2026 %K ravish, miqdor-daraja, oʻrin ravishi, oʻzgarmaslik, semantika, kuchaytiruvchi ravishlar, kuchsizlantiruvchi ravishlar, leksikalizatsiya, oʻrin oti %L arxiv9677 %J SCIENCE TIME JOURNAL; Vol. 4 No. 4/1 (2026): “ILM VAQTI” (SCIENCE TIME) jurnali; 223-227