relation: https://arxiv.academicsbook.com/id/eprint/9590/ title: OLIY TA’LIM MUASSASALARI RAQOBATBARDOSHLIK KO‘RSATKICHLARINI TAHLIL QILISHDA BLOKCHEYN TEXNOLOGIYALAR QO‘LLANILISHI creator: Abubakir Narzullayevich, Abdullayev creator: Madina Bahodir qizi, Ergasheva description: Zamonaviy raqamli iqtisodiyot sharoitida oliy ta’lim muassasalarining raqobatbardoshligini ta’minlash masalasi strategik ahamiyat kasb etmoqda. Ushbu maqolada oliy ta’lim muassasalari raqobatbardoshlik ko‘rsatkichlarini tahlil qilishda blokcheyn texnologiyalarini qo‘llash imkoniyatlari tadqiq qilinadi. Tadqiqotning maqsadi — blokcheyn texnologiyasi asosida shaffof, ishonchli va o‘zaro integratsiyalashgan ta’lim boshqaruv tizimini yaratish orqali OTMlarning xalqaro reytinglarda o‘rnini mustahkamlash yo‘llarini aniqlashdir. Metodologik jihatdan tahliliy, taqqoslash va bibliometrik usullar qo‘llanilgan bo‘lib, QS va THE reytinglaridagi ma’lumotlar, shuningdek, xalqaro tajribalar — MIT Open Credentials va European Blockchain Services Infrastructure (EBSI) loyihalari tahlil qilindi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, blokcheyn texnologiyasi yordamida ta’lim jarayonida ma’lumotlar xavfsizligi, akademik shaffoflik va diplomlarning autentifikatsiyasi yuqori darajada ta’minlanadi. Bu esa OTMlar faoliyatida korrupsion xavflarni kamaytirib, raqobatbardoshlik ko‘rsatkichlarini oshiradi. publisher: “CENTER FOR ADVANCED STUDIES” LLC date: 2026-04-04 type: Article type: NonPeerReviewed identifier: Abubakir Narzullayevich, Abdullayev and Madina Bahodir qizi, Ergasheva (2026) OLIY TA’LIM MUASSASALARI RAQOBATBARDOSHLIK KO‘RSATKICHLARINI TAHLIL QILISHDA BLOKCHEYN TEXNOLOGIYALAR QO‘LLANILISHI. SCIENCE TIME JOURNAL; Vol. 4 No. 4/1 (2026): “ILM VAQTI” (SCIENCE TIME) jurnali; 48-52. relation: https://uzresearchers.com/index.php/stj/article/view/5569