%K Raqamli avlod lirikasi, internet muhiti, blog she’riyati, poetik tafakkur, vizuallik, onlayn yolg‘izlik, virtual muhabbat, raqamli subyekt, fragmentarlik, zamonaviy o‘zbek she’riyati %J SCIENCE TIME JOURNAL; Vol. 4 No. 4/1 (2026): “ILM VAQTI” (SCIENCE TIME) jurnali; 17-21 %T RAQAMLI AVLOD LIRIKASI %I “CENTER FOR ADVANCED STUDIES” LLC %A Normatova Dilnoza Shomurod qizi %X Mazkur maqolada XXI asr axborot texnologiyalari va raqamli kommunikatsiya vositalarining zamonaviy o‘zbek adabiy jarayoniga, xususan, yoshlar she’riyatiga ko‘rsatayotgan ta’siri tadqiq etilgan. Tadqiqotda “raqamli avlod lirikasi” va “blog she’riyati” kabi yangi adabiy hodisalarning nazariy asoslari, ularning an’anaviy poetik shakllar bilan aloqadorligi hamda o‘ziga xos transformatsiyasi ilmiy jihatdan yoritib berilgan. Internet muhitida shakllangan poetik tafakkurning asosiy belgilari sifatida tezkorlik, minimalizm va vizuallik xususiyatlari tahlil qilingan. Shuningdek, maqolada zamonaviy yosh shoirlar ijodidagi onlayn yolg‘izlik, virtual muhabbat va ruhiy iztirob motivlari Faxriyor, Suhrob Ziyo hamda Dadaxon Muhammadiyev kabi ijodkorlar she’riyati misolida ochib berilgan. Maqola yakunida blog she’riyatining o‘zbek adabiyotshunosligidagi o‘rni va istiqbollari haqida xulosalar keltirilgan. %L arxiv9526 %D 2026