%T MULTIMODAL LEARNING ANALYTICS ASOSIDA WEB-LOYIHALASH KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHNING STRUKTURAVIY MODELI %X Mazkur maqolada multimodal learning analytics asosida web-loyihalash kompetentligini rivojlantirishning strukturaviy modelini ishlab chiqish masalalari yoritilgan. Zamonaviy raqamli ta’lim muhitida talabalar kompetentligini samarali shakllantirish uchun adaptiv va data-driven yondashuvlarning ahamiyati ortib borayotganligi sababli, tadqiqot ushbu yondashuvlar integratsiyasiga asoslandi. Tadqiqot doirasida web-loyihalash kompetentligining kognitiv, amaliy, kreativ va refleksiv komponentlari aniqlanib, ularni rivojlantirishga xizmat qiluvchi strukturaviy model taklif etildi. Ushbu model diagnostika, adaptiv kontent, multimodal analytics hamda baholash va feedback modullaridan tashkil topgan bo‘lib, talabalar faoliyatini turli ma’lumot manbalari asosida kompleks tahlil qilish imkonini beradi. Multimodal learning analytics doirasida platforma loglari, interaktiv topshiriqlar, video faoliyat va test natijalari kabi ma’lumotlar yig‘ilib, ularning tahlili asosida talabaning individual o‘quv trayektoriyasi shakllantirildi. Bu esa o‘quv jarayonini moslashuvchan tashkil etish va talabalar kompetentligini bosqichma-bosqich rivojlantirishga xizmat qildi. Pedagogik eksperiment natijalari ishlab chiqilgan modelning samaradorligini tasdiqlab, tajriba guruhida nazorat guruhiga nisbatan bilim darajasi, amaliy ko‘nikmalar va kreativ faoliyat bo‘yicha sezilarli ijobiy o‘zgarishlar kuzatilganini ko‘rsatdi. %I “CENTER FOR ADVANCED STUDIES” LLC %A Kayumov Oybek Achilovich %D 2026 %K multimodal learning analytics, web-loyihalash kompetentligi, adaptiv ta’lim platformasi, strukturaviy model, data-driven pedagogy, learning analytics, kompetentlikka asoslangan ta’lim, o‘quv trayektoriyasi, ta’lim monitoringi, raqamli pedagogika %L arxiv9500 %J SCIENCE TIME JOURNAL; Vol. 4 No. 3/1 (2026): “ILM VAQTI” (SCIENCE TIME) jurnali; 343-350