%0 Journal Article %A Gulnurabegim, Sariyeva %D 2026 %F arxiv:9453 %I “CENTER FOR ADVANCED STUDIES” LLC %J SCIENCE TIME JOURNAL; Vol. 4 No. 3/1 (2026): “ILM VAQTI” (SCIENCE TIME) jurnali; 258-261 %K o‘zbek folklori, doston, safar motivi, qahramon, inisiyatsiya, Alpomish, Go‘rog‘li, mifologik chegara, madaniy qahramon, epos strukturasi. %T O‘ZBEK XALQ DOSTONLARIDA SAFAR MOTIVI %U https://arxiv.academicsbook.com/id/eprint/9453/ %X Ushbu maqolada o‘zbek qahramonlik va ishqiy-romantik dostonlarining fundamental tarkibiy va semantik elementi bo‘lgan “safar motivi” atroflicha tahlil qilinadi. Safar nafaqat qahramonning bir geografik nuqtadan ikkinchisiga jismoniy ko‘chishi, balki ramziy “inisiyatsiya” (kamolot) va ma’naviy yuksalish jarayoni sifatida o‘rganiladi. “Alpomish” va “Go‘rog‘li” turkumlari misolida qahramonning o‘z muhitidan chiqib, “begona hudud”ga o‘tishi shaxsiyatning shakllanishi uchun turtki bo‘lishi ochib berilgan. Tadqiqotda safarning mifologik ildizlari, g‘oyibona yordamchilar (ot, pirlar) roli va chegara to‘siqlarini (daryo, tog‘, sahro) yengib o‘tish masalalariga e’tibor qaratilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, safar motivi doston dinamikasini ta’minlash bilan birga, qahramonning qaytishidan so‘ng uning ijtimoiy va axloqiy maqomini qonuniylashtirishga, adolat va urug‘ birligini tiklashga xizmat qiladi.