%0 Journal Article %A Sevara Boxodir qizi, Dosmuxamedova %D 2026 %F arxiv:9411 %I “CENTER FOR ADVANCED STUDIES” LLC %J SCIENCE TIME JOURNAL; Vol. 4 No. 3/2 (2026): “ILM VAQTI” (SCIENCE TIME) jurnali; 360-364 %K intertekstuallik, matnlararolik, dialogizm, allyuziya, reminissensiya, lingvopoetika, iqtibos san’ati, Alisher Navoiy, lingvokulturologiya %T NAVOIYNING “TARIXI ANBIYO VA HUKAMO” ASARIDAGI INTERTEKSTUAL BIRLIKLAR %U https://arxiv.academicsbook.com/id/eprint/9411/ %X Ushbu maqolada zamonaviy tilshunoslikning ustuvor yo‘nalishlari bo‘lgan matn lingvistikasi, lingvokulturologiya va lingvopoetika kesimida intertekstuallik (matnlararolik) hodisasi nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqotda intertekstuallik terminining fanga kirib kelish tarixi, M.Baxtin va J.Kristeva qarashlari hamda N.Fateevaning intertekstual elementlar tasnifi (sitata, allyuziya, reminissensiya) atroflicha yoritilgan. Maqolaning amaliy qismida buyuk mutafakkir Alisher Navoiy ijodida, xususan, "Tarixi anbiyo va hukamo" asarida Qur’on oyatlari hamda hadislar asosida shakllangan intertekstual aloqalar "iqtibos" san’ati misolida ilmiy dalillangan. Muallif intertekstuallikni matnning mazmuniy qatlamlarini kengaytiruvchi, ijodkor va kitobxon o‘rtasida madaniy-ma’rifiy muloqot o‘rnatuvchi universal lisoniy hodisa sifatida talqin etadi.