%L arxiv9372 %A Abdiyeva Yulduz Botiraliyevna %J SCIENCE TIME JOURNAL; Vol. 4 No. 3/2 (2026): “ILM VAQTI” (SCIENCE TIME) jurnali; 295-300 %T O‘YIN FAOLIYATI ASOSIDA MAKTABGACHA YOSHDAGI ALALIK BOLALARDA LUG‘AT BOYLIGINI RIVOJLANGANLIK HOLATINI O‘RGANISH %D 2026 %K motor alaliya, maktabgacha yosh, nutq rivojlanishi, lug‘at boyligi, faol va passiv lug‘at, o‘yin faoliyati, logopedik diagnostika, nutqni o‘rganish metodikasi, korreksion ish, muloqot kompetensiyasi. %I “CENTER FOR ADVANCED STUDIES” LLC %X Mazkur maqolada o‘yin faoliyati asosida maktabgacha yoshdagi motor alaliyali bolalarda lug‘at boyligini rivojlanganlik holatini o‘rganish, ularning nutqiy rivojlanishida kuzatiladigan muammolar, psixologik va fiziologik xususiyatlar, shuningdek nutqni o‘rganish metodikasi hamda o‘rganish natijalari asosida ushbu muammolarni bartaraf etish yo‘llari tahlil qilinadi. Motor alaliyali maktabgacha yoshdagi bolalarda lug‘at boyligini rivojlantirish tizimli va bosqichma-bosqich yondashuvni talab etadi. O‘yin faoliyatiga asoslangan logopedik ishlar faol lug‘atni kengaytirish, so‘zlarni to‘g‘ri tanlash va qo‘llash hamda nutqiy faollikni oshirishda samarali natija beradi. Ijobiy o‘zgarishlar individual yondashuv, muntazam korreksion mashg‘ulotlar va psixologik-pedagogik qo‘llab-quvvatlash bilan ta’minlanadi.