<mods:mods version="3.3" xsi:schemaLocation="http://www.loc.gov/mods/v3 http://www.loc.gov/standards/mods/v3/mods-3-3.xsd" xmlns:mods="http://www.loc.gov/mods/v3" xmlns:xsi="http://www.w3.org/2001/XMLSchema-instance"><mods:titleInfo><mods:title>PSIXOLINGVISTIKANING RIVOJI VA UNDA MATN TAHLILI MASALASI</mods:title></mods:titleInfo><mods:name type="personal"><mods:namePart type="given">Feruzaxon</mods:namePart><mods:namePart type="family">Karimova</mods:namePart><mods:role><mods:roleTerm type="text">author</mods:roleTerm></mods:role></mods:name><mods:abstract>Maqolada psixolingvistika fanining shakllanishi, rivojlanish bosqichlari va uning yetakchi namoyondalarining ilmiy qarashlari atroflicha yoritilgan. Xususan, til va tafakkur munosabati, nutqiy faoliyat mexanizmlari hamda individual va ijtimoiy omillarning tilga ta’siri psixolingvistik nuqtayi nazardan tahlil qilinadi. Shu bilan birga, matn tahliliga oid nazariy yondashuvlar, jumladan, matnni yaratish va idrok etish jarayonlari, intertekstuallik, mazmuniy persepsiya hamda kognitiv va pragmatik omillar asosida keng ko‘rib chiqiladi. Maqolada badiiy matnlar misolida muallif va o‘quvchi o‘rtasidagi kommunikativ munosabat, matnning ko‘p qatlamli mazmuni va uning o‘quvchi ongida qayta shakllanish jarayoni tahlil etiladi. Shuningdek, psixolingvistikaning zamonaviy yo‘nalishlari, jumladan, kognitiv va antropotsentrik yondashuvlar asosida matn tadqiqining dolzarb masalalari yoritiladi. Mazkur tadqiqot psixolingvistika va matnshunoslik sohasida olib borilayotgan ilmiy izlanishlarni boyitish, shuningdek, matnni tahlil qilishda yangi nazariy va amaliy yondashuvlarni shakllantirishga xizmat qiladi.</mods:abstract><mods:originInfo><mods:dateIssued encoding="iso8601">2026-03-15</mods:dateIssued></mods:originInfo><mods:originInfo><mods:publisher>“CENTER FOR ADVANCED STUDIES” LLC</mods:publisher></mods:originInfo><mods:genre>Article</mods:genre></mods:mods>