%T OLIY TA’LIM MUASSASALARI PROFESSOR-O‘QITUVCHILARINING SHAXSIY SALOHIYATINI RIVOJLANTIRISHNING GERONTOPEDAGOGIK ASOSLARINI TAKOMILLASHTIRISH %X Ushbu maqola oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilarining shaxsiy salohiyatini rivojlantirish jarayonida gerontopedagogikaning nazariy va amaliy ahamiyatini tahlil qiladi. Tadqiqotning asosiy e’tibori pedagoglarning kasbiy va shaxsiy kompetensiyalarini kengaytirish, professional malaka va ijodiy faoliyatini uzluksiz takomillashtirish, shuningdek, yoshi kattalar pedagogikasining prinsiplari asosida pedagogik jarayonlarni optimallashtirishga qaratilgan. Maqolada gerontopedagogik yondashuvlar, shaxsiy va kasbiy rivojlanish strategiyalari hamda oliy ta’limda uzluksiz professional o‘sishning samarali mexanizmlari ilmiy nuqtai nazardan tahlil etiladi. %I “CENTER FOR ADVANCED STUDIES” LLC %A Asranbayeva Munojatxon Xalimjanovna %D 2026 %K Shaxsiy salohiyat, gerontopedagogika, professor-o‘qituvchi, oliy ta’lim, professional rivojlanish, kasbiy kompetensiya, pedagogik strategiya %L arxiv9332 %J SCIENCE TIME JOURNAL; Vol. 4 No. 3/2 (2026): “ILM VAQTI” (SCIENCE TIME) jurnali; 252-257