%K O‘g‘uzxon, Firdavs ul iqbol, qahramonlik eposi, xalq og‘zaki ijodi, turkiy epik an’ana, tarixiy-afsonaviy obraz, ideal hukmdor, epik tafakkur, qiyosiy tahlil, yozma va og‘zaki manbalar. %J SCIENCE TIME JOURNAL; Vol. 4 No. 2 (2026): “ILM VAQTI” (SCIENCE TIME) jurnali; 749-753 %T “FIRDAVSU-L- IQBOL” ASARIDA O‘G‘UZXON TIMSOLI VA UNING XALQ EPIK AN’ANALARIDAGI ILDIZLARI %I “CENTER FOR ADVANCED STUDIES” LLC %A Botirova Alfiya Zikir qizi %X Mazkur maqolada O‘g‘uzxon obrazining tasviri yozma va og‘zaki manbalar asosida qiyosiy tahlil qilinadi. Xususan, Firdavsu-l-iqbol asarida keltirilgan O‘g‘uzxon haqidagi ma’lumotlar xalq og‘zaki ijodidagi qahramonlik eposlari bilan solishtirib o‘rganiladi. Tadqiqot jarayonida O‘g‘uzxon timsolining tarixiy shaxs, afsonaviy qahramon va ideal hukmdor sifatidagi talqinlari ochib beriladi. Shuningdek, yozma manbada voqealarning tarixiylashtirilishi hamda og‘zaki an’analarda epik bo‘rttirishlar orqali qahramonlik g‘oyasining shakllanishi yoritiladi. Maqola turkiy xalqlar epik tafakkuri va tarixiy xotirasini o‘rganishda muhim ilmiy xulosalar chiqarishga xizmat qiladi. %L arxiv9250 %D 2026