%K Ayol jasorati, o‘lim motivi, Unsin obrazi, ruhiy inqiroz, ma’naviy ustunlik, ramziy detallar, psixologik tahlil, badiiy tafakkur. %J SCIENCE TIME JOURNAL; Vol. 4 No. 2 (2026): “ILM VAQTI” (SCIENCE TIME) jurnali; 696-701 %T AYOL JASORATI VA O‘LIM: UNSINNING RUHIY SINISHI VA MA’NAVIY G‘ALABASI %I “CENTER FOR ADVANCED STUDIES” LLC %A Shodmonova Dildora Xazaratkul qizi %A Shodmonov Nafas %X Mazkur maqolada Abdulla Qahhor ijodida Unsin obrazi orqali muayyan tarixiy davr ayollarining umumlashtirilgan qiyofasi, ularning ichki kechinmalari, ayol jasorati hamda o‘lim hodisasining badiiy-falsafiy mazmuni tahlil etiladi. Tadqiqot davomida Unsin shaxsida kuzatiladigan ruhiy inqiroz ijtimoiy adolatsizlik, ma’naviy tazyiq va murakkab yashash sharoitlari bilan bevosita bog‘liqlikda yoritiladi. Qahramonning ichki iztiroblari esa uning ma’naviy yetilishi va o‘lim bilan yuzma-yuz kelgan palladagi axloqiy ustunligini namoyon etuvchi muhim badiiy omil sifatida talqin qilinadi. Shuningdek, go‘riston, shamol, tobut va maymun, qumg‘on singari ramziy detallar orqali o‘lim motivining estetik va semantik funksiyasi ochib berilib, o‘zbek adabiyotida ayol obrazi bilan o‘lim motivi o‘rtasidagi ichki uyg‘unlik ilmiy asosda yoritiladi %L arxiv9239 %D 2026