%K kasbga oid frazeologizmlar, grammatik tuzilish, frazeologik birlik, qiyosiy tahlil, sintaktik model, morfologik xususiyat, professional leksika, ingliz tili, o‘zbek tili, frazeologiya. %J SCIENCE TIME JOURNAL; Vol. 4 No. 2 (2026): “ILM VAQTI” (SCIENCE TIME) jurnali; 674-679 %T INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDAGI KASBGA DOIR FRAZEOLOGIZMLARNING GRAMMATIK TUZILISHI %I “CENTER FOR ADVANCED STUDIES” LLC %A Mavlonova Husnoro Sadriddinovna %A Tojiboyeva Shoxista Komiljonovna %X Mazkur maqolada ingliz va o‘zbek tillarida kasb faoliyati bilan bog‘liq frazeologik birliklarning grammatik tuzilishi qiyosiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqot jarayonida kasbga oid frazeologizmlarning morfologik shakllanishi, sintaktik modeli hamda gap tarkibida bajaradigan funksional vazifalari ilmiy asosda yoritiladi. Har ikki tilda uchraydigan fe’lli, otli, sifatli hamda predikativ frazeologik birliklarning struktur xususiyatlari aniqlanib, ularning grammatik barqarorligi va transformatsiyaga uchrash darajasi o‘rganiladi. Shuningdek, kasbiy faoliyatni ifodalovchi frazeologizmlarning til tizimidagi o‘rni, nutq jarayonidagi qo‘llanish imkoniyatlari hamda milliy tafakkur bilan bog‘liq grammatik xususiyatlari ochib beriladi. Tadqiqot natijalari ingliz va o‘zbek tillarida frazeologik birliklarning grammatik qurilishi o‘xshash va farqli jihatlarga ega ekanligini ko‘rsatadi. Ingliz tilida analitik tuzilma ustunlik qilsa, o‘zbek tilida agglutinativ grammatik vositalar orqali frazeologik shakllanish keng namoyon bo‘lishi aniqlanadi. Mazkur tadqiqot frazeologiya, qiyosiy tilshunoslik hamda kasbiy diskursni o‘rganishda nazariy va amaliy ahamiyat kasb etadi %L arxiv9231 %D 2026