%0 Journal Article %A G.M, Davronova %A M, Usarova %D 2026 %F arxiv:9176 %I “CENTER FOR ADVANCED STUDIES” LLC %J SCIENCE TIME JOURNAL; Vol. 4 No. 2 (2026): “ILM VAQTI” (SCIENCE TIME) jurnali; 704-711 %K innovatsion texnologiyalar, musiqa ta’limi, interaktiv metodlar, AKT, raqamli pedagogika, musiqa darsi, individuallashtirish, ijodiy faoliyat, multimedia vositalari, ta’lim sifati. %T UMUMTA'LIM MAKTABLARI MUSIQA DARSLARIDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI %U https://arxiv.academicsbook.com/id/eprint/9176/ %X Mazkur maqolada umumta’lim maktablarida musiqa ta’limi jarayonida innovatsion texnologiyalarni qo‘llashning ilmiy-nazariy asoslari, ularning pedagogik, psixologik hamda estetik jihatdan samaradorligini ta’minlash masalalari yoritilgan. Maqolada innovatsion texnologiyalar tushunchasining mazmuni, zamonaviy musiqa ta’limi tizimida ularning o‘rni va ta’siri, shuningdek, o‘qituvchining raqamli kompetensiyasini rivojlantirish zarurati asoslab beriladi. Tadqiqotda musiqa darslarini tashkil etishda axborot-kommunikatsion texnologiyalar (AKT), multimedia vositalari, raqamli ta’lim vositalari asosidagi o‘quv modellardan foydalanishning afzalliklaritahlil qilingan. Shu bilan birga, maqolada innovatsion texnologiyalar yordamida o‘quvchilarda musiqiy eshituv, ijodiy fikrlash, notalarni idrok etish, vokal va ritmik ko‘nikmalarni rivojlantirish imkoniyatlari ko‘rsatib o‘tilgan. Natijada, maqola umumta’lim maktablari musiqa darslarida innovatsion texnologiyalarni joriy etishning ilmiy asoslarini belgilash, o‘qituvchilar uchun metodik tavsiyalar ishlab chiqish hamda o‘quvchilarning musiqiy savodxonligini interaktiv vositalar yordamida oshirishga qaratilgan.