%0 Journal Article %A Davronova, G. M. %A Shaykulov, Sh.Sh. %D 2026 %F arxiv:9175 %I “CENTER FOR ADVANCED STUDIES” LLC %J SCIENCE TIME JOURNAL; Vol. 4 No. 2 (2026): “ILM VAQTI” (SCIENCE TIME) jurnali; 696-703 %K raqamli texnologiyalar, musiqa ta’limi, integrativ loyihalash, simulyativ texnologiyalar, STEAM yondashuv, raqamli pedagogika, multimedia vositalari. %T RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA OLIY VA UMUMIY O‘RTA TA’LIMDA MUSIQA O‘QITISHNI INTEGRATIV LOYIHALASHNING ZAMONAVIY METODLARI %U https://arxiv.academicsbook.com/id/eprint/9175/ %X Mazkur maqolada raqamli texnologiyalar asosida oliy va umumiy o‘rta ta’limda musiqa o‘qitishni integrativ loyihalashning zamonaviy metodlari tahlil qilinadi. Tadqiqot doirasida musiqa ta’limiga raqamli vositalarni integratsiya qilishning xorijiy va mahalliy tajribalari, integrativ yondashuv hamda simulyativ texnologiyalar uyg‘unligining pedagogik imkoniyatlari, shuningdek, an’anaviy va raqamli usullarni uyg‘unlashtirishning metodik asoslari yoritilgan. Maqolada musiqa o‘qitish jarayonini loyihalashda STEAM yondashuv, sun’iy intellekt vositalari, multimediya platformalari va interaktiv dasturlardan foydalanishning samaradorligi ilmiy-nazariy jihatdan asoslab berilgan. Shuningdek, O‘zbekiston ta’lim tizimida raqamli texnologiyalarni musiqa faniga tatbiq etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.