%0 Journal Article %A Ozoda Odil qizi, Tursunpo‘latova %A Zayniddin Rajabovich, Normurotov %D 2026 %F arxiv:9140 %I “CENTER FOR ADVANCED STUDIES” LLC %J SCIENCE TIME JOURNAL; Vol. 4 No. 2 (2026): “ILM VAQTI” (SCIENCE TIME) jurnali; 529-533 %K bolalar folklori, hazil janri, lingvokulturologiya, qiyosiy tahlil, pragmatik funksiya, milliy mentalitet, so‘z o‘yini, kommunikativ vazifa, madaniy qadriyatlar, ijtimoiylashuv %T INGLIZ VA O‘ZBEK BOLA HAZILLARINING MADANIY VA FUNKSIONAL FARQLARI %U https://arxiv.academicsbook.com/id/eprint/9140/ %X Mazkur maqolada ingliz va o‘zbek bolalar folklorida uchraydigan hazil janrining madaniy hamda funksional xususiyatlari qiyosiy-pragmatik jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda bolalar hazillari xalq og‘zaki ijodining muhim tarkibiy qismi sifatida ko‘rib chiqilib, ularning ijtimoiylashuv jarayonidagi roli, tarbiyaviy ahamiyati, kommunikativ vazifalari hamda lingvokulturologik xususiyatlari ochib beriladi. Ingliz bolalar hazillarida individualizm, absurdlik, so‘z o‘yini (pun), fonetik va semantik kulgi mexanizmlari ustuvorligi kuzatilsa, o‘zbek bolalar hazillarida ijtimoiy-axloqiy qadriyatlar, kollektivlik ruhiyati, kinoya va oddiy situatsion kulgi elementlari yetakchi o‘rinni egallashi aniqlanadi. Shuningdek, maqolada hazil matnlarining strukturaviy modeli, dialogik qurilishi, pragmatik yo‘naltirilganligi hamda yosh auditoriyaga moslashuv xususiyatlari solishtiriladi. Tadqiqot natijalari bolalar nutq madaniyatini shakllantirishda, milliy mentalitetni ifodalashda va madaniyatlararo kommunikatsiyada hazil janrining o‘ziga xos o‘rnini ko‘rsatadi. Mazkur izlanish qiyosiy tilshunoslik, bolalar folklorshunosligi va lingvokulturologiya yo‘nalishlari uchun nazariy hamda amaliy ahamiyat kasb etadi.