<mods:mods version="3.3" xsi:schemaLocation="http://www.loc.gov/mods/v3 http://www.loc.gov/standards/mods/v3/mods-3-3.xsd" xmlns:mods="http://www.loc.gov/mods/v3" xmlns:xsi="http://www.w3.org/2001/XMLSchema-instance"><mods:titleInfo><mods:title>HOFIZ UBĀHIYNING «TUHFAT UL-AHBOB» LUG‘ATIDA TOPONIMLARNING SEMANTIK VA FUNKSIONAL TASNIFI</mods:title></mods:titleInfo><mods:name type="personal"><mods:namePart type="given">Majitova</mods:namePart><mods:namePart type="family">Sabohat Jamilovna</mods:namePart><mods:role><mods:roleTerm type="text">author</mods:roleTerm></mods:role></mods:name><mods:name type="personal"><mods:namePart type="given">Vахidova</mods:namePart><mods:namePart type="family">Gulnoza Amonovna</mods:namePart><mods:role><mods:roleTerm type="text">author</mods:roleTerm></mods:role></mods:name><mods:abstract>Mazkur maqola XVI asrga oid izohli lug‘at – «Tuhfat ul-ahbob» asarida qayd etilgan toponimlarni onomastik va lingvomadaniy nuqtayi nazardan tahlil qilishga bag‘ishlangan. Tadqiqotning asosiy maqsadi lug‘atda uchraydigan toponimlarni semantik va funksional jihatdan tasniflash, ularni oronimlar, gidronimlar, oykonimlar, urbanonimlar hamda me’moriy-harbiy va diniy toponimlar guruhlariga ajratish hamda ushbu nomlar orqali muallif Hofizi Ubāhiyning geografik, tarixiy va madaniy dunyoqarashini aniqlashdan iborat.
Tadqiqot jarayonida tavsifiy-tahliliy, qiyosiy va kontekstual usullardan foydalanildi. Tahlil natijalari shuni ko‘rsatadiki, «Tuhfat ul-ahbob»dagi toponimlar faqat geografik obyektlarni nomlash vositasi bo‘lib qolmay, balki XVI asrning ijtimoiy, siyosiy, diniy va adabiy tasavvurlarini aks ettiruvchi muhim lingvomadaniy birliklar sifatida namoyon bo‘ladi. Toponimlar izohida diniy rivoyatlar va klassik adabiyot namunalarining keltirilishi ularning semantik doirasini kengaytirib, makon tushunchasini ramziy va madaniy sathga ko‘taradi. Tadqiqot natijalari «Tuhfat ul-ahbob»ni onomastika va tarixiy tilshunoslik uchun muhim ilmiy manba sifatida baholash imkonini beradi.</mods:abstract><mods:originInfo><mods:dateIssued encoding="iso8601">2026-02-15</mods:dateIssued></mods:originInfo><mods:originInfo><mods:publisher>“CENTER FOR ADVANCED STUDIES” LLC</mods:publisher></mods:originInfo><mods:genre>Article</mods:genre></mods:mods>