relation: https://arxiv.academicsbook.com/id/eprint/9012/ title: O‘ZBEK VA INGLIZ MATBUOT DISKURSIDA QO‘LLANILGAN YURIDIK TERMINLARNING PRESUPPOZITSION VA IMPLIKATURA XUSUSIYATLARI creator: Oyshajon Rozmatovna, Usmonova description: Zamonaviy pragmalingvistika va diskurs tahlilida yuridik terminlarning kommunikativ imkoniyatlarini o‘rganish muhim ilmiy yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Matbuot diskursida qo‘llaniladigan huquqiy terminlar nafaqat axborot uzatish vositasi, balki yashirin ma’no, oldindan qabul qilingan bilimlar va kontekstual xulosalarni shakllantiruvchi pragmatik birlik sifatida namoyon bo‘ladi. Mazkur tadqiqot o‘zbek va ingliz gazeta matnlarida qo‘llanilgan yuridik terminlarning presuppozitsion va implikatura xususiyatlarini qiyosiy jihatdan tahlil qilishga qaratilgan. Tadqiqot jarayonida pragmatik, diskursiv va qiyosiy-tahliliy metodlardan foydalanildi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, o‘zbek matbuotida yuridik terminlar asosan presuppozitsiyaga tayangan holda qo‘llanilib, o‘quvchining huquqiy fon bilimiga tayanadi, ingliz matbuotida esa implikatura orqali baholovchi va tanqidiy ma’no ustunlik qiladi. Ushbu farq milliy jurnalistika an’analari va huquqiy diskursning ijtimoiy funksiyasi bilan izohlanadi. publisher: “CENTER FOR ADVANCED STUDIES” LLC date: 2026-02-10 type: Article type: NonPeerReviewed identifier: Oyshajon Rozmatovna, Usmonova (2026) O‘ZBEK VA INGLIZ MATBUOT DISKURSIDA QO‘LLANILGAN YURIDIK TERMINLARNING PRESUPPOZITSION VA IMPLIKATURA XUSUSIYATLARI. SCIENCE TIME JOURNAL; Vol. 4 No. 2 (2026): “ILM VAQTI” (SCIENCE TIME) jurnali; 187-192. relation: https://uzresearchers.com/index.php/stj/article/view/4953