relation: https://arxiv.academicsbook.com/id/eprint/8977/ title: YUSUF QISSASINING QUR’ONI KARIM VA TAFSIR MANBALARIDAGI TALQINI creator: Manzura Xaqberdi qizi, Alimova description: Mazkur ilmiy maqolada Qur’oni karimda bayon etilgan Yusuf (a.s.) qissasining mazmun-mohiyati hamda uning klassik va zamonaviy tafsir manbalaridagi talqini chuqur tahlil qilinadi. Yusuf qissasi Qur’oni karimda alohida “Ahsan ul-qasas” — eng go‘zal qissa sifatida ta’riflanib, inson hayotidagi sabr, taqvo, adolat, sadoqat va ilohiy sinovlarga bardoshlilik kabi muhim axloqiy-falsafiy tushunchalarni o‘zida mujassam etadi. Maqolada qissaning nozil bo‘lish sabablari, syujet tuzilishi va asosiy obrazlari mufassirlar — Imom Tabariy, Zamaxshariy, Qurtubiy, Ibn Kasir kabi allomalarning tafsirlari asosida tahlil etiladi. Shuningdek, Yusuf (a.s.) obrazining payg‘ambarlik maqomi, tush ta’biri ilmi va ijtimoiy-axloqiy saboqlari tafsiriy yondashuvlar orqali ochib beriladi. Tadqiqot davomida qissaning diniy-ma’rifiy ahamiyati, tarbiyaviy xususiyatlari hamda bugungi jamiyat uchun dolzarb bo‘lgan ma’naviy qadriyatlarni shakllantirishdagi o‘rni ilmiy-nazariy jihatdan asoslab beriladi. publisher: “CENTER FOR ADVANCED STUDIES” LLC date: 2026-02-08 type: Article type: NonPeerReviewed identifier: Manzura Xaqberdi qizi, Alimova (2026) YUSUF QISSASINING QUR’ONI KARIM VA TAFSIR MANBALARIDAGI TALQINI. SCIENCE TIME JOURNAL; Vol. 4 No. 2 (2026): “ILM VAQTI” (SCIENCE TIME) jurnali; 78-84. relation: https://uzresearchers.com/index.php/stj/article/view/4908