%K taomlanish psixologiyasi, stress, emotsional boshqaruv, ovqatlanish odatlari, emotsional ovqatlanish, sog‘lom ovqatlanish, psixologik yondashuv %J SCIENCE TIME JOURNAL; Vol. 4 No. 2 (2026): “ILM VAQTI” (SCIENCE TIME) jurnali; 21-25 %T SPORTCHILAR TAOMLANISH PSIXOLOGIYASIDA STRESS VA EMOTSIONAL BOSHQARUVNING ROLI %I “CENTER FOR ADVANCED STUDIES” LLC %A Ibragimov Aziz Tulkunovich %X Ushbu maqolada taomlanish psixologiyasi nuqtai nazaridan stress va emotsional boshqaruvning inson ovqatlanish odatlariga ta’siri o‘rganiladi. Stressli holatlar ko‘pchilik hollarda emotsional ovqatlanishga olib keladi, bu esa salomatlik uchun xavf tug‘dirishi mumkin. Emotsiyalarni boshqarish qobiliyati esa shaxsning ovqatlanishiga nisbatan ongli yondashuvini ta’minlaydi. Maqolada stressning neyropsixologik mexanizmlari, emotsional boshqaruv strategiyalari hamda ularning ortiqcha ovqatlanish va ovqat tanlashdagi roliga doir ilmiy izlanishlar tahlil qilinadi. Shuningdek, sog‘lom ovqatlanish odatlarini shakllantirishda psixologik yondashuvlar va stressni kamaytirish usullarining ahamiyati ko‘rsatib o‘tiladi. Maqola sog‘liqni saqlash, psixologiya va taomlanish bo‘yicha mutaxassislarga, shuningdek, o‘z hayot tarzini yaxshilashni istagan keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan. Shuningdek, maqolada zamonaviy inson hayotining ajralmas qismi bo‘lib qolgan stress holatining psixologik mohiyati, yuzaga kelish sabablari va uning organizmga ta’siri ilmiy asosda tahlil qilinadi. Hamda, stressni boshqarish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ham keltirilgan bo‘lib, bu inson ruhiy salomatligini mustahkamlash va barqarorlikni ta’minlashda muhim ahamiyatga ega. %L arxiv8972 %D 2026