%K ornitonim, zoonim, Qarshi qushchasi, quyruq, etimologiya, o‘z qatlam %J SCIENCE TIME JOURNAL; Vol. 4 No. 2 (2026): “ILM VAQTI” (SCIENCE TIME) jurnali; 65-68 %T QILQUYRUQ LEKSEMASI ETIMOLOGIYASIGA BIR NAZAR %I “CENTER FOR ADVANCED STUDIES” LLC %A Kenjayeva Dildora Eshmamatovna %X Ornitonomlar guruhiga kiruvchi zoonimlar nomlanishida o‘ziga xos tarixiy shaklga ega. Zoonimlar nomlanishi, asosan, ularning ovoziga taqlid asosida kelib chiqqan. “Boburnoma”da insonlar bilan bevosita hayot kechiradigan ornitonimlar mavjud. Ularning aksariyati turkiy qatlamga mansub. Qardirg‘och, chumchuq, qarg‘a, chug‘urchuq, bedana, olaqarg‘a, zog‘cha, yapaloq kabi qushlar qatorida  Qarshi qushchasi, Murg‘aki Qarshi, Qilquyruq deb nomlangan qush ham mavjud. Birgina hudud orqali keltirilgan bu ornitonim boshqa o‘rinlarda uchramaydi. Qilquyruq leksemasi va uning tarkibidagi quyruq so‘zi etimologik tahlilni talab qiladi. Mazkur zoonimning nomlanishi va ornitonimlar nomida ko‘p uchraydigan quyruq leksemasining qo‘llanish doirasi bilan tanishasiz.  %L arxiv8970 %D 2026