%T SIROJIDDIN SAYYID SHE’RIYATI VA SHAXSIYATI TALQINI: N. JABBOROV PORTRET-MAQOLALARI MISOLIDA %X Mazkur maqolada zamonaviy o‘zbek adabiyotida yetuk ijodkor shaxsini yoritishda portret-maqola janrining o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Tadqiqot obyekti sifatida O‘zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyid ijodiga bag‘ishlangan adabiyotshunos N. Jabborovning “Ruhim xaritasi”dan “Dil fasligacha” va “Metaforaga boy she’riyat” nomli portret-maqolalari o‘rganiladi. Ushbu maqolalarda shoir ijodining badiiy-falsafiy qatlamlari, uslubiy o‘ziga xosliklari, mumtoz adabiyot bilan bog‘liqligi hamda shaxsiyatining ma’naviy qiyofasi yoritilganligi ilmiy jihatdan asoslanadi. Tadqiqotda portret-maqolalar orqali ijodkor shaxsini yaxlit tasavvur etish imkoniyatlari ochib beriladi. %I “CENTER FOR ADVANCED STUDIES” LLC %A Quranbayeva Gulianbar Umirbek qizi %D 2026 %K adabiy portret, portret-maqola, badiiy publitsistika, shoir shaxsiyati, poetik tafakkur, zamonaviy she’riyat %L arxiv8826 %J SCIENCE TIME JOURNAL; Vol. 4 No. 1 (2026): “ILM VAQTI” (SCIENCE TIME) jurnali; 46-49