%0 Journal Article %A Nigora Turaqul qizi, Toshboyeva %A Mohirux Muzaffarovna, Xoshimxoʻjayeva %D 2026 %F arxiv:8819 %I “CENTER FOR ADVANCED STUDIES” LLC %J SCIENCE TIME JOURNAL; Vol. 4 No. 1 (2026): “ILM VAQTI” (SCIENCE TIME) jurnali; 34-39 %K ingliz tili, talaffuz, mobil ilovalar, sun’iy intellekt, fonetika, ELSA Speak, teskari aloqa. %T INGLIZ TILI TALAFFUZINI O‘RGATISHDA ELSA SPEAK MOBIL ILOVASINING IMKONIYATLARI VA CHEKLOVLARI %U https://arxiv.academicsbook.com/id/eprint/8819/ %X Mazkur maqolada ingliz tili talaffuzini o‘rgatishda sun’iy intellekt asosida ishlab chiqilgan ELSA Speak mobil ilovasining pedagogik imkoniyatlari va amaliy cheklovlari tahlil qilinadi. Tadqiqot ingliz tili yo‘nalishida tahsil olayotgan bakalavr yo‘nalishi talabalari misolida olib borilib, mobil ilovalardan foydalanish orqali talaffuz ko‘nikmalarini rivojlantirish samaradorligi aniqlanadi. Tadqiqot jarayonida pedagogik kuzatuv, tajriba-sinov, qiyosiy tahlil hamda so‘rovnoma metodlaridan foydalanildi. Olingan natijalar ELSA Speak mobil ilovasi real vaqt rejimida fonetik teskari aloqa berish, individual o‘quv yo‘lini shakllantirish hamda talaffuzdagi xatolarni avtomatik aniqlash imkoniyatiga ega ekanini ko‘rsatdi. Shu bilan birga, ilovaning ayrim cheklovlari, xususan, talaffuzni baholashda aksentga bog‘liqlik, ayrim fonetik birliklarni noto‘g‘ri aniqlash holatlari hamda kommunikativ nutqni to‘liq baholamasligi aniqlandi. Tadqiqot natijalari ELSA Speak mobil ilovasidan ingliz tili talaffuzini o‘rgatishda mustaqil vosita sifatida emas, balki o‘qituvchi nazorati ostida, aralash (blended) yondashuv asosida foydalanish maqsadga muvofiq ekanini ko‘rsatadi.