%T “QISASI RABG‘UZIY”DA EPIK JANRLAR TIZIMI VA FOLKLOR-POETIK TAFAKKURNING TRANSFORMATSIYASI %X Mazkur maqolada Nosiruddin Rabg‘uziyning “Qisasi Rabg‘uziy” asari o‘zbek mumtoz nasrida epik janrlar tizimining shakllanish jarayonini aks ettiruvchi muhim adabiy manba sifatida tadqiq etiladi. Asarda qissa tarkibida uchraydigan hikoyat, rivoyat, xabar, hikmat, latifa kabi kichik epik janrlarning poetik-funksional xususiyatlari, ularning folklor va yozma adabiyot an’analari bilan uzviy aloqasi ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida Rabg‘uziy ijodida janrlar sintezi tasodifiy hodisa emas, balki muallifning ongli poetik strategiyasiga asoslangan epik model ekani asoslab beriladi. Maqola natijalari “Qisasi Rabg‘uziy”ni faqat diniy yoki agiografik asar sifatida talqin qilish biryoqlama ekanini ko‘rsatadi hamda uni ko‘pjanrli, didaktik-falsafiy va badiiy-estetik hodisa sifatida baholash zarurligini ilmiy jihatdan isbotlaydi. %I “CENTER FOR ADVANCED STUDIES” LLC %A Mamatova Sadbara Qo‘ldoshevna %D 2026 %K qissa, epik janrlar tizimi, janrlar sintezi, folklor poetikasi, yozma adabiyot, hikoyat, rivoyat, “Qisasi Rabg‘uziy”. %L arxiv8814 %J SCIENCE TIME JOURNAL; Vol. 4 No. 1 (2026): “ILM VAQTI” (SCIENCE TIME) jurnali; 6-9