%K tasavvufiy terminlar, ruhiy shaffoflik, tarjima nazariyasi, semio-estetik tahlil, poetik ekvivalentlik, ruhiy hamohanglik, ontopoetik transfer %J SCIENCE TIME JOURNAL; Vol. 3 No. 5 (2025): “ILM VAQTI” (SCIENCE TIME) jurnali ; 259-264 %T TASAVVUF TERMINLARINING TARJIMADAGI “RUHIY SHAFFOFLIK” DARAJASI: (muqoyasa va nazariy mezonlar) %I “CENTER FOR ADVANCED STUDIES” LLC %A Qahramonjon Ismoilov %X Mazkur maqolada tasavvufiy terminlar tarjimasida “ruhiy shaffoflik” tushunchasi mustaqil nazariy mezon sifatida tadqiq etiladi. Tadqiqotda tasavvufiy matnlar tarjimasi faqat lingvistik transfer emas, balki murakkab semio-madaniy va ruhiy jarayon sifatida talqin qilinadi. Alisher Navoiy va Ahmad Yassaviy asarlaridagi asosiy tasavvufiy terminlar hamda ularning ingliz tilidagi tarjimalari qiyosiy tahlil qilinib, tarjimada ruhiy hamohanglik, konnotativ ko‘lam, poetik ekvivalentlik va interpretativ ochiqlik darajasi aniqlanadi. Yu. Lotmanning semiosfera nazariyasi, Lawrence Venutining tarjimada “shaffoflik” konsepsiyasi, Annemarie Schimmel va Mona Baker qarashlari nazariy asos sifatida qo‘llaniladi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, “ruhiy shaffoflik” modeli tasavvufiy matnlar tarjimasini baholashda semantik adekvatlik bilan bir qatorda, ruhiy energiya va estetik hamohanglikni aniqlash imkonini beruvchi samarali nazariy vosita ekanligi isbotlanadi. %L arxiv8782 %D 2025