%K badiiy psixologizm, lirik tafakkur, agava metaforasi, ichki monolog, psixologik parallelizm, lingvopoetik tahlil, simvolik obrazlar, ruhiy kechinma, intellektual lirika, metaforik tafakkur, lirik qahramon. %J SCIENCE TIME JOURNAL; Vol. 3 No. 4 (2025): SCIENCE TIME JOURNAL; 42-47 %T MATNAZAR ABDULHAKIM LIRIKASIDA BADIIY PSIXOLOGIZM IFODASI %I “CENTER FOR ADVANCED STUDIES” LLC %A Sabirova Zebo Zokirovna %X Ushbu maqolada Matnazar Abdulhakim she’riyati badiiy psixologizm nuqtayi nazaridan tahlil qilinadi. Shoir ijodining ustuvor jihatlari sifatida ruhiy kechinmalarni obrazlar orqali mushohada qilish, metaforik tafakkurni keng qo‘llash va psixologik parallelizm asosida lirik jarayonni qurish masalalari yoritiladi. Tadqiqotda “Agava daraxti” she’ri markaziy tahlil obyekti sifatida olinib, undagi ramziy obraz – “agava guli” – inson ruhiyatining ko‘p qatlamli kechinmalarini ifodalovchi kompleks metafora sifatida talqin qilinadi. Shoir lirik qahramonning ichki holatini zavq, iztirob, orzu, hijron, faryod va o‘lim kabi ruhiy holatlar orqali bosqichma-bosqich ochib boradi. She’r kompozitsiyasining ichki dinamika bilan uyg‘unligi, tashqi vaqt, tabiat vaqti va ichki vaqt o‘rtasidagi estetik bog‘liqlik badiiy psixologizmning shoir poetikasidagi yetuk ifodasi sifatida tahlil qilinadi. M. Abdulhakimning lingvopoetik mahorati, xalqona tafakkur va zamonaviy estetik izlanishlarni uyg‘unlashtirishi, milliy lirik tafakkur taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi maqolaning asosiy xulosasi sifatida asoslanadi. Tadqiqot shoir ijodining fikriy-estetik salohiyatini ochish bilan birga, zamonaviy o‘zbek lyrikasidagi poetik tendensiyalarni aniqlashga xizmat qiladi. %L arxiv8668 %D 2025