relation: https://arxiv.academicsbook.com/id/eprint/8607/ title: KOGNITIV TILSHUNOSLIK, LINGVOMADANIYATSHUNOSLIK VA PSIXOLINGVISTIKADA KONSEPTGA MUNOSABAT MASALASI creator: Ozoda Xolmurodovna, Sharipova description: o‘tgan asrning so‘nggi choragida o‘zining ilk qadamlarini qo‘ygan antroposentrik paradigma yangi asr avvalidanoq lingvistik tadqiqotlarda peshqadam sohalardan biriga aylanib ulgurdi. Kognitiv tilshunoslik va lingvokulturologiya antroposentrik paradigmaning yetakchi yo‘nalishlari sifatida e’tirof qilingani holda sohaning eng so‘nggi yutuqlarini o‘zida mujassam etib, mustaqil yo‘nalishlar sifatidagi maqomini tobora mustahkamlab bormoqda. Bu sohalar juda ko‘p nuqtalarda psixolingvistika bilan kesishadi. Mazkur maqolada ushbu yo‘nalishlar uchun umumiy bo‘lgan asosiy kategoriyalardan biri, muhim o‘rganish obyekti – konsept haqida fikr yuritiladi. Konsept termini bugunga qadar ko‘plab olimlar tomonidan izohlangan bo‘lsa-da, turli manbalarda uning ta’rifi, mazmuni, qamrov doirasi haqida tafovutli qarashlar keltiriladi. Ushbu tadqiqotda konsept doirasida tilshunos olimlarning qarashlari o‘rganilib, ulardagi tafovutli masalalarga munosabat bildirilgan hamda umumiy xulosalar bayon etilgan. Bu jarayonda qiyoslash, sintezlash,  induksiya, deduksiya, umumlashtirish va abstraksiyalash kabi tadqiqot metodlaridan foydalanildi. publisher: “CENTER FOR ADVANCED STUDIES” LLC date: 2025-02-17 type: Article type: NonPeerReviewed identifier: Ozoda Xolmurodovna, Sharipova (2025) KOGNITIV TILSHUNOSLIK, LINGVOMADANIYATSHUNOSLIK VA PSIXOLINGVISTIKADA KONSEPTGA MUNOSABAT MASALASI. SCIENCE TIME JOURNAL; Vol. 3 No. 1 (2025): SCIENCE TIME JOURNAL; 51-58. relation: https://uzresearchers.com/index.php/stj/article/view/4229