%K Multimodallik, semiotik tizimlar, lingvistik mod, vizual mod, audio mod, jestik mod, fazoviy mod, multimodal kommunikatsiya, ta’lim jarayoni, interaktiv o‘qitish, kommunikativ kompetensiya, tanqidiy fikrlash, multimodal savodxonlik, innovatsion pedagogika. %J Innovation and development; Vol. 4 No. 5 (2026): “INNOVATSIYA VA TARAQQIYOT” ilmiy-metodik, ijtimoiy, maʼnaviy-maʼrifiy jurnal; 210-215 %T MULTIMODAL SEMIOTIK TIZIMLARNING TA’LIM JARAYONIDAGI ROLI VA KOMMUNIKATIV SAMARADORLIKNI OSHIRISHDAGI AHAMIYATI %I Innovation and development %A Mo‘minova Maftuna Alijonovna %X Mazkur maqola multimodallikning asosiy semiotik tizimlari — lingvistik, vizual, audio, jestik va fazoviy modlarning ta’lim jarayonidagi o‘rni va ahamiyatini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda ushbu tizimlarning har biri ma’no yaratish va yetkazish jarayonida qanday rol o‘ynashi, shuningdek, ularning o‘zaro integratsiyasi orqali kommunikativ samaradorlikni oshirish imkoniyatlari yoritiladi. Multimodal yondashuv asosida tashkil etilgan ta’lim jarayoni o‘quvchilarning bilimni qabul qilish, tahlil qilish va ifodalash ko‘nikmalarini kompleks tarzda rivojlantirishga xizmat qiladi. Shuningdek, multimodal semiotik tizimlardan uyg‘un foydalanish o‘quvchilarning dars jarayonidagi faolligini oshiradi, ularning tanqidiy fikrlash va kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantiradi hamda ta’lim samaradorligini sezilarli darajada yaxshilaydi. Xulosa qilib aytganda, multimodallik zamonaviy ta’lim tizimida innovatsion va samarali pedagogik yondashuv sifatida muhim ahamiyat kasb etadi. %L arxiv8520 %D 2026