%T SEPARATOR-TOZALAGICHNI TOZALASH SAMARASINI OSHIRISH MAVZUSINI O‘QITISHDA NAZARIY ASOSLARI %X Ushbu maqolada paxta xomashyosi separatorlarini konstruksiyalari va ishlatish jarayoni hamda ishlash sifatini oshirish maqsadida ularning konstruksiyasini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan asosiy ilmiy tadqiqotlar natijalari tahlil qilindi. Ilmiy markazda ishlab chiqilgan separator tozalagichning konstruksiyasi va uning texnologik jarayoni ham berilgan. Tahlil natijasida ishlab chiqilgan separator-tozalagich tozalagich sifatida unchalik samarasiz ekanligi aniqlandi ma’lumki, pnevmatik tashish paytida paxta xomashyosi titiladi, bu pnevmatik tashish tizimidan chiqadigan havo oqimi bilan sezilarli miqdordagi mayda ifloslik aralashmalarining ajralishiga yordam beradi. Biroq, havo oqimi teshikli panjaralaridan o‘tganda, ularning yuzalari paxta bilan qoplangan xolatda bo‘lsa, pnevmatik quvurlarda ajratilgan mayda ifloslik aralashmalarining yana qaytib asosiy paxtaga qo‘shilib ketishiga olib keladi, bunday kamchiliklar tahlil qilib shu asosda texnik еchim taklif qilindi va keyingi ilmiy tadqiqotlar yo‘nalishi tanlab olindi. Separator-tozalagichning asosiy ishchi organlari bo‘lgan xavo o‘tkazuvchi plankali barabanlarni konstruksiyasiga o‘zgartirish kiritib, uning paxtani samarali tozalaydigan qoziqli barabanlar kabi paxtaga uruvchi ta’sirini oshirish bilan paxtani titish va mayda iflos aralashmalardan tozalash samarasini oshirish mumkin degan ishchi gipoteza qo‘yildi. Ishchi gipotezani amalga oshirish maqsadida texnik еchim ishlab chiqildi. %I МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ %A Turaeva Sh.N. %D 2024 %K separator-tozalagich,; plankali baraban; to‘rli yuza,; paxta,; tashish,; havo o‘tkazuvchanlik. %L arxiv7960 %J МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ; Vol. 1 No. 6/1 (2024): МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ; 532-540