%0 Journal Article %A S.S., Sa’dullayev %D 2024 %F arxiv:7948 %I МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ %J МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ; Vol. 1 No. 6/1 (2024): МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ; 466-472 %K Nurota tog‘lari,; boy madaniyat,; Nuri Buxoro; Narshaxiy,; Pirosta devori,; Buyuk ipak yo‘li; Sayyidato mahallasi,; qadimiy shahar %T Qo’qon davlat pedagogika instituti Pedagogika va ijtimoiy fanlar fakulteti Pedagogika va ta’lim menejmenti kafedrasi o’qituvchisi %U https://arxiv.academicsbook.com/id/eprint/7948/ %X Hozirgi vaqtda yurtimizda qadim ziyoratgoh shaharlarga tobora e’tibor ortib bormoqda. Shunday ziyoratgoh shaharlardan biri bu Nurota shahridir. Mazkur maqolada Nurota shahri, uning ziyoratgoh joylari va etnografiyasi haqidagi ma’lumotlar tarixiy adabiyotlar hamda manbalar asosida soddaroq tarzda izohlab berilgan. Shahar nomining kelib chiqishi IX – X asrlarda yashagan islom targ‘ibotchilaridan biri Shayx Abul Hasan Nuriy(Nur bobo) nomi bilan bevosita bog‘liqdir. Nurota so‘zi shahar tevarak atrofida istiqomat qiladigan turkiy elatlar hamda har yili shaharga oqib keladigan ko‘p sonli sayohatchilar tilida Nurda dafn etilgan otaning ziyoratiga, ya’ni Nurotaga (avliyoga) keldik deya aytilishi natijasida shakllangan va keyinchalik shahar ham Nurota deb atalavergan. Shuni ta’kidlab o‘tish joizki, Nurota atamasi dastlab shaharning nomi emas, balki muqaddas qabrda dafn etilgan avliyo ota - Shayx Abul Hasan Nuriyning nomi bo’lgan. Keyinchalik shaharning nomi ham Nurota deyilgan. Shahar yurtimiz tarixidagi muhim ziyorat maskanlaridan biri bo‘lishi bilan bir qatorda, uning tevarak-atrofda yashagan o‘troq, ko‘chmanchi va yarim ko‘chmanchi dasht aholisi uchun iqtisodiy o‘rni ham muhim ahamiyatga ega bo‘lgandir. Xususan ushbu shahardan Buyuk Ipak Yo‘lining ham bir tarmog‘i o‘tgan. Buning isboti sifatida shaharning g‘arbiy qismidagi, taxminan Kushonlar davlati davriga oid Pashshot manzilgohidagi qadim bozor qoldiqlarini ko‘rsatib o‘tishimiz mumkin.