%K nazorat tizimi; ijtimoiy nazorat; jamoatchilik nazorati,; fuqarolik jamiyati,; huquq,; axloq,; fuqarolik pozitsiyasi; siyosiy ong; huquqiy ong,; demokratiya,; ijtimoiy faollik. %J МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ; Vol. 1 No. 6/1 (2024): МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ; 272-277 %T JAMIYAT TARAQQIYOTIDA SIYOSIY TIZIM NAZORAT FUNKSIYASINING O‘RNI %I МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ %A Haydarov O.E. %X Maqolada jamiyat taraqqiyotining muhim sharti bo‘lgan ijtimoiy tartibni o‘rnatishda siyosiy tizim nazorat funksiyasining o‘rnini ko‘rsatib berishga e’tibor qaratilgan. Boshqacha qilib aytganda insoniyat jamiyati va ijtimoiy tartib o‘rtasidagi bog‘lanishni ya’ni qonuniyatni ochish tadqiqotning maqsadidir. Ushbu maqsadga yetish uchun insoniyat jamiyati nazoratga muhtoj ekanligini anglab olish, nazorat va nazorat tizimi tushunchalarining ta’rifini berish, nazorat tizimi qanday elementlardan iborat ekanligi va ular o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni ochib berish, nazorat tizimining asosiy ob’ekti huquq va axloq me’yorlariga rioya qilish ekanligini asoslab berish maqoladan ko‘zlangan vazifalar bo‘lib hisoblanadi. Tadqiqotning ob’ektini siyosiy tizim, nazorat, nazorat tizimi va uning elementlari tashkil qiladi. Tadqiqotning predmetini esa nazoratning mohiyati, maqsad va vazifalari, nazorat tiziminig elementlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik tashkil qiladi. Tadqiqotdan kutilayotgan ilmiy yangiliklarga nazorat tizimining samarali ishlab turishinin ta’minlaydigan mexanizmni shakllantirishga ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqishni ko‘zda tutadi. Demokratiyada nazoratni muhimligi shundaki xalq o‘zini nazorati orqali demokratiyani amalga oshiradi. Inson tabiatan nazoratga muhtoj ayniqsa, jamiyatni boshqarayotgan mansabdor shaxslar, deputatlar va barcha darajadagi rahbarlar xalqni nazorati ostida bo‘lishlari kerak. Bu demokratiyani muhim talabidir. Chunki barcha odamlarda tabiatan egoizm bor va nazoratsizlik oqibatida odam faqat o‘zini manfaatlarini quliga aylanib qolishi mumkin. Xalqni orasidan ya’ni pastdan chiqqan rahbar yoki deputat xohlaydimi, xohlamaydimi u xalqdan ajralib qoladi. Shuning uchun uni xalq pastdan nazorat qilib turishi kerak bo‘ladi. Demokratiya quyida namoyon bo‘ladi. %L arxiv7919 %D 2024