%T OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA KREDIT-MODUL TIZIMINI JORIY ETISH XUSUSIYATLARI %X “O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish kontsepsiyasi"da oliy ta’lim jarayonlariga raqamli texnologiyalar va zamonaviy o’qitish usullarni joriy etish, yoshlarni ilmiy faoliyatga keng jalb etish, korrupsiyaga qarshi kurashish, muhandislik-texnik ta’lim yo’nalishlarida tahsil olayotgan talabalar ulushini oshirish, kredit-modul tizimini joriy etish, o’quv rejalarida amaliy ko’nikmalarni oshirishga qaratilgan mutaxassislik fanlari bo’yicha amaliy mashg’ulotlar ulushini oshirish bo’yicha aniq vazifalar belgilab berilgan. O’zbekiston Respublikasi Prezidentning 2019 yil 8 oktyabrdagi Farmoni bilan tasdiqlangan "O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish kontsepsiyasi"ga ko’ra mamlakatdagi oliy ta’lim muassasalarining 85 foizi 2030 yilgacha bosqichmabosqich kredit-modul tizimiga o’tishi rejalashtirilgan. Bu yaqin yillar davomida mamlakatdagi deyarli barcha oliy ta’lim muassasalarining kredit-modul tizimida faoliyat yurita boshlashidan darak beradi. %I МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ %A Malikova M.B. %A Sayfullayeva G.I. %D 2024 %K kredit- modul tizimi; modular; yondashuv; o’quv jarayoni; edvayzerlar; korrupsiya; shaxsiy o’quv trayektoriyasi; o’quv davrlari %L arxiv7686 %J МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ; Vol. 1 No. 3/4 (2024): МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ; 307-314