%0 Journal Article %A Yavuz Ataman, Kemal %D 2024 %F arxiv:5930 %I Academic Book %J Өзбекстан Республикасы Илимлер Академиясы Қарақалпақстан бөлиминиң ХАБАРШЫСЫ; Vol. 1 No. 3 (2024): Өзбекстан Республикасы Илимлер Академиясы Қар %T OSMANLI COĞRAFYASINDA ASIRLARCA OKUNAN YAZICIOĞLU MEHMED’İN TASAVVUFİ MANZUM ESERİ: MUHAMMEDİYE %U https://arxiv.academicsbook.com/id/eprint/5930/ %X Usmonlilar  islom  va  turk  tarixida  o‘ziga  xos  jamiyat  va  davlatni  barpo  qilganlar.  Shu  jihatdan tasavvufiy  madaniyatga  ega  bo‘lgan  bu  saltanatda  so‘fiy  alloma,  mutafakkir,  yozuvchi  va  shoirlarning  she’riy  va  nasriy  asarlari  insonlarni  hidoyat  qilishda  muhim  o‘rin  tutgan.  Usmonlilar  davrida  kitob  madaniyati  bilan  suhbat  madaniyati  oʻrtasida  koʻprik  qurilgan.  Insonlarning  bilim  olishi  va  tarbiyasiga  alohida  ahamiyat  qaratilib,  xalqni  hidoyatga  boshlagan  asarlar  diqqat  markazda  bo‘lgan.    XV  asrda  yashagan  Usmonli  olimi,  mutasavvif,  yozuvchi  va  shoir  Yazijio’g’li  Mehmed  Afandining  "Muhammadiya"  asari  ana  shunday  asarlar  sirasidandir.  Asar  xalq  tomonidan  eng  ko‘p  o‘qiladigan  kitoblardan  biri  bo‘lib,  nazmda,  sodda,  samimiy,  sof  va  ravon  uslubda  bitilgan.   Hz.  Muhammad  (s.a.v.)dan  tushlar  orqali  olingan  ishora  va  ilhom  asosida  yozilgan.    Muallif  majozan  musulmonlarning  fikr  va  tuyg‘ulariga  murojaat  etib,  bu  tuyg‘ularning  tarjimoni  o‘laroq  namoyon  bo‘ladi.  Maqolada  “Muahmmadiya”  asarining  muallifi,  qalblarda  Payg‘ambarimiz  (s.a.v.)ga  muhabbat  uyg‘onishiga  xizmat  qilgan  Yazijiog‘li  Mehmed  afandining  shaxsiyati,  asarga  xos    xususiyatlar  va  uning  ta’siri  haqida  so‘z  boradi.