<mods:mods version="3.3" xsi:schemaLocation="http://www.loc.gov/mods/v3 http://www.loc.gov/standards/mods/v3/mods-3-3.xsd" xmlns:mods="http://www.loc.gov/mods/v3" xmlns:xsi="http://www.w3.org/2001/XMLSchema-instance"><mods:titleInfo><mods:title>UZLUKSIZ TA’LIM TIZIMIDA MEDIATA’LIM MAKONINING  O‘QUVCHILARNING IJTIMOIY-HUQUQIY MADANIYATINI  SHAKLLANTIRISHDAGI PEDAGOGIK IMKONIYATLARI</mods:title></mods:titleInfo><mods:name type="personal"><mods:namePart type="given">G.</mods:namePart><mods:namePart type="family">DJamilova</mods:namePart><mods:role><mods:roleTerm type="text">author</mods:roleTerm></mods:role></mods:name><mods:name type="personal"><mods:namePart type="given">E.</mods:namePart><mods:namePart type="family">Salimov</mods:namePart><mods:role><mods:roleTerm type="text">author</mods:roleTerm></mods:role></mods:name><mods:abstract>Mazkur tezisda uzluksiz ta’lim tizimida mediata’lim makonining o‘quvchilarning ijtimoiy-huquqiy madaniyatini shakllantirishdagi pedagogik imkoniyatlari ilmiynazariy jihatdan tahlil qilinadi. Bugungi globallashuv va raqamli texnologiyalar sharoitida&amp;nbsp;yoshlarning axborot olishi va ijtimoiy faoliyati mediata’lim muhitida rivojlanmoqda. Shu sababli pedagoglar mediata’lim makonidan foydalanish orqali o‘quvchilarda huquqiy ongni, ijtimoiy mas’uliyatni va mediasavodxonlikni shakllantirishning samarali metodlarini ishlab chiqishlari zarur. Tezisda mediata’lim makonining pedagogik va metodik imkoniyatlari, o‘quvchilarning ijtimoiy-huquqiy madaniyatini rivojlantirishdagi roli, shuningdek, uzluksiz ta’lim tizimiga integratsiyasi asosiy masalalar sifatida ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot mediata’lim vositalari, interaktiv metodlar, muammoli vaziyatlar va loyihaviy faoliyat orqali o‘quvchilarning huquqiy bilimlari, ijtimoiy xulq-atvor va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishni nazariy jihatdan asoslaydi. Mazkur masala ilmiy va amaliy jihatdan dolzarb bo‘lib, u o‘quvchilarning huquqiy ongini oshirish, ularni mas’uliyatli, faol va mediasavodxon shaxs sifatida tarbiyalashga xizmat qiladi. Shu bilan birga, tezis pedagoglarning media pedagogik kompetensiyasini rivojlantirish va uzluksiz ta’lim jarayonida innovatsion metodlarni tatbiq etishning muhim pedagogik yo‘nalishlarini aniqlashga yordam beradi.&amp;nbsp;</mods:abstract><mods:originInfo><mods:dateIssued encoding="iso8601">2026-03-14</mods:dateIssued></mods:originInfo><mods:originInfo><mods:publisher>Conferences</mods:publisher></mods:originInfo><mods:genre>Article</mods:genre></mods:mods>