%0 Journal Article %A Tojiboyeva, Muhlisa %D 2026 %F arxiv:5609 %I Conferences %J Conferences; Vol. 2 No. 5 (2026): Turkiy xalqlar folklorining qiyosiy tadqiqi: lokal xususiyatlar va ilmiy nazariy yondashuvlar; 436-440 %K Hikmatli so‘z; madaniy birlik; maqol,; Alpomish,; qadriyat,; doston; milliylik. %T “ALPOMISH” DOSTONIDA QO‘LLANILGAN MAQOLLARNING LINGVOMADANIY TAHLILINING METODIK TAMOYILLARI %U https://arxiv.academicsbook.com/id/eprint/5609/ %X Ushbu maqolada biz aynan yangi nashrdagi 9-sinf adabiyot darsligining “Milliy xotira va inson qismati” bo‘limida keltirilgan “Alpomish” dostoni misolida xalq maqollarining lingvomadaniy xususiyatlarini va ularni o‘quvchilarga yetkazishning metodik tamoyillarini ilmiy tahlil qilamiz. “Alpomish” dostonida xalq og‘zaki ijodiga xos maqollar keng qo‘llanib, ular asar g‘oyasini kuchaytirish, qahramon xarakterini ochish hamda epik voqealarga umumxalqona falsafiy mazmun baxsh etish vazifasini bajaradi..Ushbu asar tarkibidagi paremiyalar (maqollar) o‘quvchida nafaqat til boyligini, balki milliy g‘urur va mardlik konsepsiyasini shakllantiradi. Darslik metodikasida ushbu birliklarni tahlil qilish lingvomadaniy kompetensiyani oshirishga xizmat qiladi.