%0 Journal Article %A Aminova, Feruza %D 2026 %F arxiv:5608 %I Conferences %J Conferences; Vol. 2 No. 5 (2026): Turkiy xalqlar folklorining qiyosiy tadqiqi: lokal xususiyatlar va ilmiy nazariy yondashuvlar; 432-435 %K dialektal uslub,; xalqona leksika; funksional stilistika,; badiiy diskurs,; qahramon nutqi,; situativ semantika; metamatniy strategiya; semantik modifikatsiya. %T BADIIY DISKURSDA DIALEKTAL VA XALQONA BIRLIKLARNING FUNKSIONAL TALQINI %U https://arxiv.academicsbook.com/id/eprint/5608/ %X  Mazkur maqolada Suyundik Mustafo Nurotoiyning “Ko‘ngil sadolari” badiiy to‘plami materiallari asosida lug‘aviy dialektizm bo‘lmagan, biroq xalq nutqiga mansub leksik birliklarning dialektal-uslubiy funksiyalari tadqiq etiladi. Tadqiqotda dialektal uslub hududiy belgiga bog‘langan til hodisasi sifatida emas, balki badiiy matnda qahramon nutqining ijtimoiy, maishiy va psixologik belgilanganligini modellashtiruvchi funksional kategoriya sifatida talqin qilinadi. Tahlil jarayonida dialektal va xalqona birliklarning kontekstga bog‘liq semantik modifikatsiyasi, ularning baholovchi va ekspressiv imkoniyatlari hamda situativ semantikani tashkil etishdagi roli aniqlanadi. Shuningdek, dialektal birliklarning qavs ichida izohlanishi muallif nutqining metamatniy strategiyasi sifatida baholanib, ushbu hodisaning badiiylik va kommunikativ aniqlik o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlashdagi ahamiyati asoslanadi. Tadqiqot natijalari dialektal uslubni badiiy matnning faqat lingvistik emas, balki diskursiv va pragmatik qatlamlarini bog‘lovchi vosita sifatida talqin qilish imkonini beradi.