%K folklor,; inonch aytimlari,; xalq og‘zaki ijodi; mifologiya,; nazariy tahlil,; milliy mentalitet,; etnografiya. %J Conferences; Vol. 2 No. 5 (2026): Turkiy xalqlar folklorining qiyosiy tadqiqi: lokal xususiyatlar va ilmiy nazariy yondashuvlar; 111-117 %T O‘ZBEK XALQ INONCH AYTIMLARINING O‘RGANILISHIGA NAZARIY TAVSIF %I Conferences %A Nodira Mo‘minova %X Mazkur maqolada o‘zbek xalq inonch aytimlarining o‘rganilish jarayoni nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Unda inonch aytimlarining folklorshunoslik, etnografiya va tilshunoslik doirasida tadqiq etilishi, ularning janriy xususiyatlari, semantik tuzilishi hamda funksional vazifalari yoritiladi. Shuningdek, xalq og‘zaki ijodining ushbu turi qadimiy mifologik tasavvurlar, diniy qarashlar va urf-odatlar bilan uzviy bog‘liqligi asoslab beriladi. Maqolada inonch aytimlarining jamiyat hayotidagi o‘rni, tarbiyaviy ahamiyati hamda milliy mentalitetni aks ettirishdagi roli ochib beriladi. Turli davrlarda olib borilgan ilmiy tadqiqotlar tahlili asosida mazkur yo‘nalishning metodologik asoslari ko‘rib chiqiladi. Inonch aytimlarini tizimli ravishda o‘rganish xalqning tarixiy tafakkuri, dunyoqarashi va qadriyatlarini chuqurroq anglashga xizmat qilishi ta’kidlanadi.  %L arxiv5552 %D 2026