%L arxiv5510 %A Xurramova Nasiba Norxuroz qizi %J Conferences; Vol. 2 No. 4 (2026): ZAMONAVIY TIBBIYOTNING DOLZARB MUAMMOLARI VA ULARNI HAL ETISH YO‘LLARI mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman; 333-335 %T BOLALARDA ERTA BALOG‘AT: OTA-ONALAR VA JAMIYAT OLDIDAGI MAS’ULIYAT VA KASALLIKLARI %D 2026 %K Erta pubertat; gormonal rivojlanish; endokrin disruptorlar; semizlik; metabolik sindrom; diagnostika; profilaktika %I Conferences %X Ushbu ilmiy ishda bolalarda erta balog‘atga yetish jarayonining fiziologik, ekologik, psixologik va ijtimoiy omillar bilan bog‘liqligi ilmiy asosda tahlil qilinadi. Tadqiqotda gipotalamus–gipofiz–gonada tizimining erta faollashuvi, endokrin disruptorlar, ovqatlanishbuzilishi, semizlik, stress omillari hamda genetik predispozitsiyaning pubertat vaqtiga ta’siri o‘rganilgan. Shuningdek, erta balog‘atning jismoniy rivojlanish, psixoseksual holat, metabolik tengsizlik va ijtimoiy moslashuvga ta’sirchan oqibatlari yoritilgan. Tashxislash usullari, laborator va instrumental tekshiruvlar, shuningdek, davolashda qo‘llaniladigan gormonal terapiya, dietoterapiya va psixologik yondashuvlar xususida ma’lumot berilgan. Profilaktik choralar, oilaviy va maktabgacha muhitdagi gigienik va psixologik yordamning ahamiyati yoritiladi. Tadqiqotning amaliy ahamiyati shundaki, u tibbiyot xodimlari, pedagoglar va ota-onalar uchun erta pubertatning oldini olish va oqibatlarini kamaytirishga qaratilgan ilmiy asoslangan tavsiyalarni taqdim etadi