%0 Journal Article %A Yusuf, Xalimbetov %A Laylo, Usmonova %D 2024 %F arxiv:548 %I Hamkor konferensiyalar %J Hamkor konferensiyalar; Vol. 1 No. 1 (2024): "Jahon navoiyshunosligi: kecha va bugun" XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA; 342-353 %K Renessans; fan; madaniyat; meros; insonparvarlik; axloq; ma’rifat; Sharq %T YANGI O’ZBEKISTON - SHARQ RENESSANSI VATANI %U https://arxiv.academicsbook.com/id/eprint/548/ %X Jahon falsafiy-ilmiy va madaniy tafakkurining rivojlanishi ko’rsatib turibdiki, uning ayrim tarixiy davrlari goho ko’p jihatdan ijtimoiy munosabatlarning konservatizmi sabab bo’lgan zulmatli turg’unlik belgilari bilan, goho tarixiy taraqqiyotning burilishi momentlariga xos gurkirab yuksalish to’lqinlari bilan xarakterlanadi. Sharq Renessansi davri huddi ana shunday yuksalishdan dalolat beradiki, bu davrda ko’pgina falsafiy hamda hayotiy muammolarning o’rtacha qo’yilishi va hal etilishi keskin o’zgarishlarga olib keldi. Yurt obodonchiligi, mamlakat ravnaqi, qudratining yuksalishi davomida unda tabiiy ravishda ma’naviy madaniyat, ilm-fan rivoji ham jadal sur’atlar bilan ko’zga tashlanib bordiki, buning natijasida bu zamindan o’z elini shon- sharafga burkagan, dunyoga dovrug’ taratgan mashhur allomalar, ilm-fan yulduzlari yetishib chiqdilar. Mazkur maqolada yurtimizdan yetishib chiqqan buyuk allomalarning ibratli hayot yo‘llari va boy ilmiy-ma’naviy merosi o‘rganilgan va yoritib berilgan.