<mods:mods version="3.3" xsi:schemaLocation="http://www.loc.gov/mods/v3 http://www.loc.gov/standards/mods/v3/mods-3-3.xsd" xmlns:mods="http://www.loc.gov/mods/v3" xmlns:xsi="http://www.w3.org/2001/XMLSchema-instance"><mods:titleInfo><mods:title>“LAYLI VA MAJNUN” TURKUMIDAGI ASARLARNING ARAB, FORS, TURKIY TILLARDA YARATILISH TARIXIGA DOIR</mods:title></mods:titleInfo><mods:name type="personal"><mods:namePart type="given">Dilorom</mods:namePart><mods:namePart type="family">Salohiy</mods:namePart><mods:role><mods:roleTerm type="text">author</mods:roleTerm></mods:role></mods:name><mods:abstract>Alisher Navoiyning sharq epik poeziyasini yangilashdagi badiiy-estetik va g‘oyaviy tamoyillari xamsachilikda arab va forsiy tilli xalqlar og’zaki va yozma manbalari istifodasiga borib taqaladi. Mutafakkir o‘z asarlarida bevosita o’zigacha yetib kelgan arab va fors tillaridagi xalq og‘zaki ijodiga va folklorga ham murojaat etadi. Shayx Nizomiy o‘z adabiy muhitida birinchi dostonnavis sifatida, Alisher Navoiy esa temuriylar tamadduni davrining ijtimoiy faol ijodkori sifatida beshliklaridagi xalqona, sodda va donishmandona tafakkur ifodasiga, xalq folklorining o‘lmas an’analariga katta ahamiyat berdilar. Nizomiy “Layli va Majnun” dostonida ijtimoiy foydali ma’rifiy fikrlarini pand-nasihat tarzida emas, balki xalq og‘zaki ijodi va folklordan olingan badiiy timsollar vositasida ifoda etdi. Alisher Navoiy “Xamsa”sida esa “sayyor syujetlar” - xalqona hikoyat va rivoyatlarga asoslangan epizodlar ma’rifiy mazmundagi hikmatlar bilan boyitiladi, orifona ma’no kasb etadi. Ayniqsa, buyuk “nazirai benazir”ning uchinchi dostoni bo’lmish “Layli va Majnun”da shoir xamsanavislikda o’zigacha mavjud an’analardan ijodiy foydalangan holda o’z dostoniga yangicha ruh bag’ishlaydi, o’z davrining talab va ehtiyojlaridan kelib chiqib, “afsonaga yangi libos kiygizadi”.</mods:abstract><mods:originInfo><mods:dateIssued encoding="iso8601">2024-06-20</mods:dateIssued></mods:originInfo><mods:originInfo><mods:publisher>Hamkor konferensiyalar</mods:publisher></mods:originInfo><mods:genre>Article</mods:genre></mods:mods>