%T KO‘HNA XUROSONDA NAVOIYNING YANGI IZLARI %X Husayn Boyqaro davrida Hirotning har tomonlama yuksalishi, rivojlanishini Alisher Navoiy xizmatlarisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Temuriylar davrida amalga oshirilgan qurilishlar ko‘zni qamashtiradigan darajada edi. Obodonchiliklarning oxiri ko‘rinmas edi. Ulardan qo‘rg‘onlar, qal’alar, rabotlar, musofirxonalar, karvonsaroylar, masjidlar, xonaqohlar, shifoxonalar, madrasalar, hujralar, yo‘llar, hovuzlar, sardobalar, ko‘priklar, ziyoratgohlar, bozorlar, do‘konlar, minoralar, qasrlar, qishloqlar, ko‘shklar va boshqa ko‘plab joylarni tilga olish mumkin. Quyida Navoiy ishtirokida qurilgan yoxud ta’mirlangan Hirot, Balx va Mashhad markazi va atroflaridagi obidalar bilan muxtasar tanishamiz %I Hamkor konferensiyalar %A Azizullah Aral %D 2024 %K Husayn Boyqaro; Alisher Navoiy; G‘iyosiddin Xondamir; obida; Xuroson; Afg‘oniston; Eron; Hirot; Balx; Mashhad %L arxiv530 %J Hamkor konferensiyalar; Vol. 1 No. 1 (2024): "Jahon navoiyshunosligi: kecha va bugun" XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA; 180-195