%0 Journal Article %A Giyosova, Xilola %D 2026 %F arxiv:5294 %I Conferences %J Conferences; Vol. 2 No. 5 (2026): Turkiy xalqlar folklorining qiyosiy tadqiqi: lokal xususiyatlar va ilmiy nazariy yondashuvlar; 375-379 %K Fitrat; “Sharq”; matnshunoslik; jadid adabiyoti; variant; senzura; matniy tahlil %T ABDURAUF FITRATNING “SHARQ” SHE’RI: NASHRLARDAGI TAVOFUTLAR VA MATNSHUNOSLIK MUAMMOLARI %U https://arxiv.academicsbook.com/id/eprint/5294/ %X Maqolada Abdurauf Fitratning “Sharq” she’ri 1922-yilgi “O‘zbek yosh shoirlari” to‘plami, 1987-yilgi “O‘zbek adabiyoti va san’ati” gazetasi (№50), 2000-yilgi “Tanlangan asarlar” hamda 2011-yilgi “Saylanma” nashrlari asosida qiyosiy-tekstologik jihatdantahlil qilinadi. Tadqiqotda leksik, fonetik, morfologik, sintaktik hamda g‘oyaviy o‘zgarishlar aniqlanadi. Matn variantlaridagi tafovutlar o‘zbek adabiy tilining tarixiy taraqqiyoti va sovet davri senzura siyosati bilan bog‘liq holda izohlanadi. Ilk nashr poetik keskinlik va g‘oyaviy aniqlikni saqlab qolganligi ilmiy dalillar asosida ko‘rsatib beriladi.