relation: https://arxiv.academicsbook.com/id/eprint/5271/ title: SABOHATTİN KUDRET AKSAL (1920 - 1993) VA UNİNG HİKOYACHİLİK MAHORATİ creator: Savaş Yelok, Veli description: Sabahattin Kudret Aksal (1920-1993) turk adabiyotida ko‘p yo‘nalishli san‘atkor sifatida she’r, hikoya va drama janrlarida ijod qilgan. Istanbulda tug‘ilgan Aksal falsafa ta’limini olgan, turli maktablarda o‘qituvchilik, shahar hokimiyati va konservatoriya rahbarligikabi vazifalarda ishlagan. Adabiy faoliyatini 1938-yilda she’r bilan boshlagan yozuvchi, birinchi  1940-yilda chop ettirgan, 1948-yilda esa ilk pyesasi sahnaga qo‘yilgan. Aksalning hikoyachiligi asosan “kichik inson” mavzusi atrofida shakllangan. Qahramonlari ko‘pincha o‘rta qatlamdan, o‘z oyoqlarida turishga intiluvchi, iqtisodiy qiyinchilikdan ko‘ra ichki yolg‘izlik va mavjudlik tashvishlarini boshdan kechiruvchi oddiy shaxslar bo‘ladi. Hikoyalarida tashqi voqealardan ko‘ra qahramonlarning ruhiy olami, o‘tmishga sog‘inch, umidsizliklar, yolg‘izlik va baxtni o‘tmishda izlash moyilligi ustunlik qiladi. Shu sababli u “vaziyat-holat” hikoyachisi sifatidatanilgan; mojaro asosan ichki bo‘lib, o‘quvchini qahramonning psixologik chuqurligiga jalb etadi. publisher: Conferences date: 2026-04-10 type: Article type: NonPeerReviewed identifier: Savaş Yelok, Veli (2026) SABOHATTİN KUDRET AKSAL (1920 - 1993) VA UNİNG HİKOYACHİLİK MAHORATİ. Conferences; Vol. 2 No. 5 (2026): Turkiy xalqlar folklorining qiyosiy tadqiqi: lokal xususiyatlar va ilmiy nazariy yondashuvlar; 196-200. relation: https://xiuresearch.com/index.php/Conferences/article/view/1458